Buxoro shahrida “Oʻzbekneftgaz” AJ tizimidagi korxonalarda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar oʻrtasida Intellektual olimpiadaning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Turnirga “Zakovat” teleo‘yini asoschisi va Zakovat intellektual klubi prezidenti Abdurasul Abdullayev hakamlik qildi va o’yinni olib bordi.

Olimpiadaning ikkinchi bosqichi doirasida tashkil etilgan “Zakovat” turnirida tizimdagi turli korxonalardan jami 20 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar oʻzlarining keng bilim va dunyoqarashi, mantiqiy fikrlash qobiliyati, jamoaviy hamkorlik madaniyati hamda tezkor qaror qabul qilish koʻnikmalarini namoyon etdilar.

Turnir yakunlariga koʻra:
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi — 1-oʻrin
Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi — 2-oʻrin
“Oʻzbekneftgaz” AJ — 3-oʻrin

Mazkur intellektual loyiha yosh mutaxassislarning bilim va salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash hamda neft-gaz sanoatida raqobatbardosh va malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Axborot xizmati