Joriy yilning 20-avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan oʻtkaziladigan ochiq muloqotiga puxta tayyorgarlik koʻrish, tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari, muammolari va takliflarini tizimli oʻrganish maqsadida “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan hududlarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan 2026-yil 3-iyul kuni soat 10:00 da “Oʻzbekneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ binosida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi oʻrinbosarining tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqoti boʻlib oʻtadi.

Unda tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonidagi muammolar, hamkorlik masalalari, amaliy takliflar hamda sohani yanada rivojlantirishga oid tashabbuslar muhokama qilinadi.

Barcha manfaatdor tadbirkorlik subyektlari vakillarini mazkur uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun + 998-93-552-82-52 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.