“O‘zbekneftgaz” AJ mamlakatimizda birinchi bo‘lib 2025-yil uchun Barqaror rivojlanish hisobotini IFRS S1 va IFRS S2 xalqaro standartlari talablari asosida tayyorlab, jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.

Mazkur hisobot Jamiyat faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish, barqaror rivojlanish sohasida xalqaro talablarga muvofiq axborotlarni oshkor etish tizimini joriy qilish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Hisobotda “O‘zbekneftgaz” AJning ESG — Environmental, Social and Governance (Ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv) sohasidagi asosiy faoliyati, jumladan, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarni boshqarish, energiya samaradorligini oshirish, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar o‘z aksini topgan.

Hisobotning IFRS S1 va IFRS S2 standartlari asosida tayyorlangani “O‘zbekneftgaz” AJning xalqaro ilg‘or amaliyotlarga sodiqligini, investorlar, aksiyadorlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ochiq, ishonchli hamda taqqoslash mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishga intilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Barqaror rivojlanish hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.ung.uz/esg/esg_database

"O`zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati