Jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlarda xodimlar farzandlarining yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborish ishlari boshlandi.

Jumladan, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ishchi-xodimlarining farzandlari Shahrisabz shahridagi “Beruniy” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga birinchi mavsumda dam olish uchun jo‘natildi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi tomonidan “Yosh alangachi” bolalar oromgohining birinchi mavsumi ochilib, bir guruh bolajonlar Kitob tumanining so‘lim va bahavo tog‘li hududlariga yo‘l oldi.

Shuningdek, Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “O‘zneftgazburg‘ulash ishlari” MChJ hamda “Uzbekistan GTL” MChJ xodimlarining farzandlari yuborildi.

Oromgohlarda bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishi, sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

"O’zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati