Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati tomonidan yirik xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Siemens Energy” kompaniyasining Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, gaz turbinali dvigatellarni yangilash hamda siquv kompressor stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Tomonlar neft-gaz sohasida samarali hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or texnologik yechimlarni tatbiq etish va investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy takliflar ishlab chiqish va hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

"O’zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati