Unda O‘zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari Shirin Abidova hamda BMT volontyorlik dasturining O‘zbekistondagi koordinatori Mirsaid Uzoqov ishtirok etib, volontyorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va yoshlar uchun yaratadigan imkoniyatlari haqida ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida yoshlar volontyorlik harakatlarida faol qatnashish, ijtimoiy tashabbuslarni ilgari surish hamda jamoatchilik hayotida yanada faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar oldilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning fuqarolik faolligini oshirish, ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash va volontyorlik madaniyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

"O’zbekneftgaz" AJ Axborot xizmati