
Davlat gerbi — mamlakatimiz suvereniteti, milliy qadriyatlari, tarixiy merosi va porloq kelajagiga boʻlgan ishonchni oʻzida mujassam etgan muqaddas davlat ramzidir.
U Vatanga sadoqat, tinchlik, bunyodkorlik va birdamlik gʻoyalarini ifoda etib, har bir yurtdosh qalbida faxr va gʻurur tuygʻularini uygʻotadi.
Davlat ramzlariga hurmat — Vatanga hurmatdir!